Xalqaro ko‘rgazma CAEx Build & Co. 2025

20–22 noyabr 2025 yil
Ko‘rgazma markazi: «CENTRAL ASIAN EXPOCENTER»
(Mo‘ljal: “Yangi O‘zbekiston” bog‘i)
Ish vaqti: 10:00–17:00

CAEx Build & Co. — Markaziy Osiyo qurilish sohasidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lib, u qurilish materiallari, muhandislik yechimlari, arxitektura texnologiyalari va zamonaviy uskunalarning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi.

Tadbir Business Maker tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.

B2B uchrashuvlar va yangi hamkorlik imkoniyatlari
Tashrif buyuruvchilarni samarali muzokaralar, innovatsion mahsulot va texnologiyalar namoyishi, tajriba almashish hamda qurilish sohasida xalqaro aloqalar tarmog‘ini kengaytirish kutmoqda.

Biznes uchrashuvlarda quyidagi yo‘nalishlardagi yetakchi kompaniyalar ishtirok etadi:
Zamonaviy qurilish materiallari
Fasad va tom tizimlari
Bezak va ichki ta’mirlash materiallari
Eshiklar, oyna va pol qoplamalari
Muhandislik va kommunikatsiya yechimlari
Qurilish texnikasi va ilg‘or texnologiyalar
Ko‘chmas mulk va investitsiya loyihalari

📲 Qo‘shimcha ma’lumot olish va ishtirokchilar ro‘yxatini ko‘rish uchun QR-kodni skaner qiling.
📧 info@businessmaker.uz

📞 +998 99 610 12 22 | +998 99 277 00 08