Xalqaro ko‘rgazma Heimtextil Uzbekistan 2025 va Texworld Tashkent 2025

14–16 oktyabr 2025 yil
Ko‘rgazma markazi: «UzExpoCentre»
(Mo‘ljal: “Yapon bog‘i”)
Ish vaqti: 10:00–17:00

Heimtextil Uzbekistan va Texworld Tashkent — mintaqadagi to‘qimachilik sanoatining eng muhim voqealari bo‘lib, Messe Frankfurt Exhibition GmbH litsenziyasi asosida o‘tkaziladi.

Bu ko‘rgazmalar O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston va Turkiyadan kelgan yetakchi ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar, brendlar hamda to‘qimachilik ishlab chiqarish uchun uskuna yetkazib beruvchilarni bir maydonga jamlaydi.

B2B uchrashuvlar va hamkorlik imkoniyatlari
Ishtirokchilarni sohaning yirik kompaniyalari vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar, mahsulot namunalarining namoyishi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar kutmoqda.

Ko‘rgazmada taqdim etiladigan mahsulotlar:
Maishiy to‘qimachilik va ko‘rpacha-toshak anjomlari
Uy to‘qimachiligi va zamonaviy dekor
Mebel va interyer uchun zamonaviy matolar
Pardalar, parda materiallari va aksessuarlar
Moda va maxsus matolar
Maxsus kiyimlar va tashkilot formalar
Sport kiyimlari va hordiq uchun kiyimlar
Xomashyo va turli materiallar

📲 Qo‘shimcha ma’lumot olish va ishtirokchilar ro‘yxatini ko‘rish uchun QR-kodni skaner qiling.
📧 info@businessmaker.uz

📞 +998 99 610 12 22 | +998 99 277 00 08