BUSINESSMAKERdan MATCHMAKING

Matchmaking – nafaqat biznes uchrashuvlar, balki ko‘rgazmalar va forumlarda ishtirok etishni haqiqiy bitimlar va hamkorlikka aylantirish vositasidir.

Biz siz uchun shaxsiylashtirilgan B2B, B2G va B2C maqsadli uchrashuvlar tizimini yaratamiz, bu yerda muloqotning har bir daqiqasi natija uchun ishlaydi.

Bizning xizmatlarimizga quyidagilar kiradi:

— Tijorat takliflari va mahsulot kataloglarini professional tarzda tarjima qilish

— Bozorni tahlil qilish va potentsial hamkorlarni aniqlash

— Ishtirokchilarni shaxsiy tartibda xabardor etish va rasmiy taklifnomalar yuborish

— Har bir hamkor bilan individual yondashuv asosida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

— Uchrashuvlarni belgilash, ularni sifatli tashkil etish va jarayonni to‘liq kuzatib borish

— Tadbir davomida barcha ishtirokchilarni muvofiqlashtirish

— Yakuniy tahliliy hisobot

— Sutkaning istalgan vaqtida aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi shaxsiy menejer xizmatini taqdim etish, 24/7 mavjud

Matchmaking nima beradi?

— Yangi hamkorlar va investorlarni topish

— Mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash

— Brend haqida xabardorlik darajasini oshirish

— Raqobatdagi ustunliklarni kuchaytirish

Biz qanday formatlarda ishlaymiz:

B2B — kompaniyalar o’rtasidagi biznes aloqalari

B2G — davlat tuzilmalari bilan o’zaro aloqalar

B2C — yakuniy mijozlarni jalb qilish

Matchmakingni qayerda tashkil qilamiz?

— Xalqaro va sanoat ko’rgazmalarida

— Ishbilarmonlik konferentsiyalari va taqdimot marosimlarida

— Davra suhbatlari, seminarlar va biznes sessiyalarida

— Sayyor uchrashuvlar shaklida — kompaniyalar ofislariga, sanoat korxonalariga hamda erkin iqtisodiy zonalarga tashriflar

Samarali uchrashuvlar tasodifan yuz bermaydi — uchrashuv muvaffaqiyatining 80 foizdan ortig‘i puxta tayyorgarlikka bog‘liq!