Businessmaker — “Tashkent International Tourism Fair 2025” ko’rgazmasining rasmiy hamkori!

Faxr bilan ma’lum qilamizki, Businessmaker mintaqaning eng muhim turizm platformalaridan biri — “Tashkent International Tourism Fair 2025 (TITF-2025)”ning rasmiy hamkoriga aylandi.

2025-yilning 27–29-noyabr kunlari Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” nomli 30-yubiley yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir CAEx (Central Asian Expo) majmuasida o‘tkazilib, dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq turizm kompaniyalarini birlashtiradi.

Mehmonlarni so‘nggi yillardagi eng boy dastur kutmoqda:

-Media vakillari va kontent yaratuvchilari uchun Media Campus

-Yetakchi oshpazlar ishtirokidagi Xalqaro kulinariya chempionati

-Hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochuvchi ekspert sessiyalari, tarmoq forumlari va B2B uchrashuvlar.

Mintaqadagi turizm kelajagini shakllantirayotgan va biznes uchun yangi istiqbollar ochayotgan loyihaning bir qismi bo‘lganimizdan mamnunmiz.